“Sugʻoriladigan yerlarda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida 2025 yil 16 may kuni Qiziloʻrda shahrida seminar tashkil etildi
Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) hamda I. Zhakhaev nomidagi Qozog‘iston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (QShITI) hamkorligida «Orolbo‘yida ekologiyaga yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlantirish» (ECO ARAL) mintaqaviy loyihasi doirasida Qozogʻiston Respublikasi, Qiziloʻrda shahridagi QShITI ning “Qiziloʻrda bilimlarni tarqatish markazi” majlislar zalida 2025-yil
16-may kuni “Sugʻoriladigan yerlarda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida seminar tashkil etidi.
Qozog‘istonning janubiy qismida joylashgan Qizilo‘rda viloyati mamlakatning asosiy dehqonchilik rayonlaridan biri bo‘lib, bu yerda sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida muhim o‘rin tutadi. Biroq bu hududda suv resurslaridan samarali foydalanish iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, eskirgan sug‘orish infratuzilmasi va usullari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarurati kabi qator muammolarga duch kelmoqda.

Semenar “Orol bo’yi mintaqasining ekologik yo’naltirilgan mintaqaviy rivojlanish” (EKO ARAL) mintaqaviy loyihasi doirasida o’tkazildi, uning asosiy maqsadi suv va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari, mahalliy hamjamiyat, ilmiy muassasalar va ilmiy doiralarning manfaatdor tomonlari va vakillarini hududda suvdan foydalanish samaradorligi va unumdorligini oshirish masalalarini muhokama qilish uchun birlashtirishdan iborat.
Seminar ishida IWMI, Qizilorda viloyati qishloq xo‘jaligi va yerdan foydalanish boshqarmasi, Aral-Sirdaryo havzasi inspeksiyasi, “Kazvodxoz” RDK raxbar va mutaxassislari, QShITI ilmiy xodimlari, Toshkent irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudirlari va mintaqaviy markazi rahbarlari, Qizilorda viloyati universiteti talabalari hamda Qizilorda viloyati fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar ishi kun tartibiga muvofiq olib borildi.
Mazkur seminar ishida IWMI Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbarining 2025 yil 5 maydagi ICT № 03-05-sonli taklif xatiga asosan Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori O.Eshchanov “Xorazm viloyati sharoitida g’o’za etishtirishda tomchilatib sug’orish tizimini joriy etish” mavzusidagi taqdimot bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida QShITI tajriba dalasiga tashrif buyurishdi hamda sholi va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlarini etishtirishda suv resurslarini boshqarish usullari bilan amaliy tanishish imkoniga ega bo’dilar.

