Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar
Laboratoriyaning asosiy vazifalari
- Xorazm viloyatidagi magistral, xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik kanallarida suv isrofini o‘rganish hamda kanallarning foydali ish koeffitsientlarini aniqlash
- Xorazm viloyatidagi suvdan foydalanuvchilar (fermer xo‘jaliklari, klasterlar, aholi tomorqalari) uchun ichki xo‘jalik kanallarida suvni hisobga olish vositalarini tayyorlash va ularni joriy etish
- Xorazm viloyatining turli tuproq-iqlim sharoitlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun sug‘orish me’yorlarini ishlab chiqish
- Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish
- Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, qo‘llanmalar tayyorlash va malaka oshirish seminarlarini tashkil etish
Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
- Magistral, xo‘jaliklararo va ichki xo‘jalik kanallarining foydali ish koeffitsientini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish
- Suvdan foydalanishda suv resurslari hisobi va hisobotini yuritish hamda monitoring tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish
- Xorazm viloyatining turli tuproq-iqlim sharoitlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun ilmiy asoslangan sug‘orish rejimlarini ishlab chiqish
- Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish
Xodimlar
1. Laboratoriya mudiri: PhD, Durdiyev Haydar Matqurbonovich
Tel: +998 93 507 05 29
Email: durdiyev87@inbox.ru
Laborant: Sultonov Ibodulla
Tel: +998 99 564 73 42

