SMITM “Irrigatsiya tizimi va o‘zan jarayonlari” laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan Amudaryo chap qirg‘oq ximoya inshootlarida ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazilmoqda

     1981 yil SANIIRI ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Amudaryo qirg‘oq ximoya inshootlarining ikki tamonlama plan-sxemasi ishlab chiqilgan va 1981-1990 yillar davomida inshootlarni qurish ishlari amalga oshirilgan. 

Hozirgi kunda Xorazm viloyati hududidagi Amudaryo chap qirg‘oq himoya inshootlarini kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatdiki 1981-1990 yillarda qurilgan shporalarning ko‘p qismi ishdan chiqqan, yuvilib ketgan. Daryo oqimining o‘zgarishi natijasida bazi inshootlardan foydalanilmayabdi. O‘z navbatida o‘tgan vaqt mobaynida vujudga kelgan daryo poymasidagi yerlarni suv bosishidan ximoyalash maqsadida yangidan shpora va banketlar qurilgan. Bu xolatlar Amudaryo chap qirg‘oq ximoya inshootlari dala tadqiqot ishlarini o‘tkazishni va yangi plan sxemasini ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. 

        SMITM   ilmiy  xodimlari tomonidan “Amudaryo chap qirg‘oq ximoya inshootlarida dala tadqiqotlari o‘tkazish va ularning ishonchli ishlashi bo‘yichi ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga asosan Hazorasp tumani hududidagi qirg‘oq himoya inshootlarining mavjud xolatlari o‘rganildi.

         Xozarasp tumanida jami 18 ta qirg‘oqni ximoya qiluvchi shporalar mavjud. Shulardan ikkitasi (15 va 45) xozirgi kunda yuvilib yo‘q bo‘lib ketgan. Shporalarning to‘qqiztasi (19,21,25,27,29,31,33,35,37) xozirgi kunda foydalanilmoqda. Qolganlaridan uzoq yillik loyqa cho‘kishi va daryo oqimining o‘zgarishi natijasida xozirgi kunda foydalanilmayabdi. Amudaryoning Xozarasp tumani xududida qirg‘oqni ximoya qiluvchi shporalardan tashqari uchta banketlar xam mavjud. Ular asosan 2021-2024 yillarda qurilgan.
1-rasm. 27 va 29-shporalarning o‘rtasidagi banket A.

Xozarasp tumanidagi qirg‘oqni ximoya qiluvchi inshootlarni o‘rganish natijalarini quyidagi sxema bo‘yicha ifodalash mumkin.

Bunda ko‘k rangda berilgan inshootlar xozir ishlayotganlari, qizil rangdagilari loyixada mavjud ammo xozir foydalanilmayotgan inshootlar, sarik rangda yangi qurilgan banketlar ko‘rsatilgan.

         Shporalarning asosiy vazifasi minglab gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini himoya qilish bo‘lib, bu o‘z navbatida mavjud inshootlarni rekonstruksiya qilishni va yangi inshootlarni qurishni talab qiladi. Mazkur tadqiqot ishida SMITM ilmiy xodimlari tamonidan GIS  texnologiyalari yordamida Amudaryo chap qirg‘oq ximoya inshootlarining ko‘p yillik kosmik suratlari asosida yillar kesimida o‘zgarish dinamikasi, chap qirg‘oq ximoya inshootlarining xozirgi kundagi mavjud plan-sxemasi tuziladi. Shporalar qurishga nisbatan kam sarf xarajat talab etiladigan yangidan quriladigan banketlar qurilishi nazarda tutilgan holda bu jarayon ilmiy asoslanadi. Banketlarning qurilish nuqtalari belgilanib, konstruksiyalari ishlab chiqiladi.
Сегодня, 10:32
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”