Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

Toshkent shahrida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (ISMITI) tashkil etilganligining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

     2025 yil 20 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ISMITI tashkil etilganligining 100 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan “Markaziy Osiyoning global ekologik va suv muammolarini hal qilishda ilmiy yondashuvlar” mavzusida ISMITI binosida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

ISMITI ning faoliyati 1925 yilda O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Gidrotexnika tajriba-tadqiqot institutini tashkil etishdan boshlangan. Turli davrlarda turlicha nomlangan bu ilmiy dargoh mintaqadagi suv xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalari o‘rtasida eng yuksak ilmiy-ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan salohiyatli muassasaga aylandi. Bu yerda juda katta ilmiy maktab yaratildi. Ko‘plab olimlar, ilm ahli yetishib chiqdi.

2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan ISMITI Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.   ISMITI binosi qayta ta’mirlanib, laboratoriya bazalari zamonaviy asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlandi. Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari kengaytirildi, Qoraqalpog‘iston filiali mintaqaviy markaz sifatida, Suv xo‘jaligi muhandislik markazi hamda Suvni tejaydigan texnologiyalar ilmiy-tadqiqot konsalting markazlari qayta tashkil etildi. Xorazm, Buxoro, Namangan, Samarqand va Surxondaryo mintaqaviy markazlari yangidan shakllantirildi. Mana shu jarayonda ilm va ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlash ham diqqat markazida bo‘ldi.

     Konferensiyaning asosiy tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi; ISMITI; Orolni qutqarish xalqaro fondining O‘zbekistondagi ijroiya direksiyasi; GIZ; Xalqaro suv xo‘jaligini boshqarish instituti (IWMI); Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligi komissiyasi huzuridagi Ilmiy-axborot markazi (НИЦ МКВК); BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamda Jahon banki.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 20 dan ziyod mamlakatlardan 300 dan ortiq deputatlar, elchilar, vazirlar, olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

     Tadbirni Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamraev olib bordi. Vazir mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan suv xo‘jaligi sohasini ilm-fan yutuqlari asosida isloh qilish, rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.   Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo respublikalari, umuman 20 dan ziyod xorijiy davlatlardan suv sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, olimlar so‘zga chiqdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 20 dan ziyod mamlakatlardan 300 dan ortiq deputatlar, elchilar, vazirlar, olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

      Tadbirni Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamraev olib bordi. Vazir mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan suv xo‘jaligi sohasini ilm-fan yutuqlari asosida isloh qilish, rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.   Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo respublikalari, umuman 20 dan ziyod xorijiy davlatlardan suv sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, olimlar so‘zga chiqdi.
Konferensiyadan keyin tadbir ishtirokchilari ular uchun tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Ko‘rgazmada suv hisobini yuritish va uni raqamlashtirish, suv tejovchi texnologiyalar, suv xo‘jaligida qurilish materiallari va boshqa laboratoriya jixozlari bilan turli kompaniyalar o‘z maxsulotlari bilan tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berdilar.

Mazkur xalqaro konferensiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori O.Eshchanov hamda SMITM IT mutaxassisi E.Sobirov bilan birgalikda ishtirok etdilar.

     Kunning ikkinchi yarmida “Markaziy Osiyoning global ekologik va suv muammolarini hal qilishda ilmiy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda o‘tkazildi. “Iqlim o‘zgarishlari sharoitda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning ilmiy asoslari” mavzusidagi 5-sho‘ba ishi НИЦ МКВК ning Trening markazida o’tkazildi. Konferensiyaning 5-sho‘ba ishini ISMITI ilmiy laboratoriya mudiri I.Usmanov olib bordi. Ushbu 5-sho‘ba tadbirida SMITM direktori O.Eshchanov “Lazer uskunali tekislagichlar yordamida tekislangan yerlarda sho‘r yuvishda cheklarning kattaligini kosmik surat ma’lumotlari orqali taxlil etish” mavzusida taqdimot ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Sho‘ba ishi yakunida sho’ba yig’ilishi xulosasi qabul qilindi.
Shuningdek,  “Suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalar, islohotlar va ularning ilmiy echimlari” mavzusidagi 3-sho‘ba ishi “Suvchilar maktabi” binosida tashkil etildi. Mazkur tadbirda SMITM IT mutaxassisi E.Sobirov “Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” mavzusida taqdimot qildi.
     Taqdimotda SMITM da amalga oshirilgan raqamli texnologiyalarga oid quyidagi ishlanmalar yoritib berildi: jumladan, GPRS texnologiyasiga asoslangan suv monitoring tizimlari; Masofadan boshqariladigan suv nazorati qurilmalari; “Aqlli” tizimlar orqali suv sarfini optimallashtirish bo‘yicha natijalar; AKT yechimlarining tumanlar kesimida amaliy tajribasi. Taqdimot ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. Muhokamalar jarayonida bir nechta taklif va savollar ilgari surildi, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi.

20-06-2025, 18:31
Ko'rishlar: 111
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”