Suv xo‘jaligi sohasidagi muammolar va uning yechimlari yuzasidan ilmiy hamkorlik.
Joriy yil 2 avgust kuni Suv xo‘jaligi vaziri tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib respublika hududlari bo‘yicha sohada amalga oshirilayotgan ishlar, fermer xo‘jaliklari va tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalari o‘rtasida suv hisobini yuritish, suv xo‘jaligi sohasidagi muammolar yechimi hamda sohaga ilmiy yondoshuvni targ‘ibot va tashviqot qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (ISMITI) direktori rahbarligidagi 5 nafar doktorantlardan iborat ishchi guruhi hamda ISMITI tasarrufidagi Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy hodimlari ishtirokida tumanlar suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalari va fermer xo‘jaliklarida mavjud muammolarni aniqlab, ularni yechimiga qaratilgan tavsiyalar berilmoqda, hamda amaliy seminarlar tashkil qilinmoqda.
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
ISMITI doktorantlari va Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 20 avgust kuni Tuproqqalʼa tumani hududida, Amudaryodagi Tuyamo‘yin gidropostining PK56+00 piketida TB5m markali dopler uskunasi orqali suv o‘lchash ishlarini bajarishdi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad doktorantlarning suv o‘lchash vosita va qurilmalarini ishlatish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdir.
Ishchi guruh viloyatimizda 25 avgustgacha o‘z faoliyatini davot ettiradi, hozirgi kunda ilmiy xodimlar tomonidan tumanlarda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirish, suvning hisob-kitobini yuritish hamda sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini oldini olish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.





