Joriy yilning 27-29-may kunlari Toshkent shahrida “Suvchilar maktabi” ning hududiy menejerlari hamda Respublikaning 13 ta hududida tashkil etilgan tajriba maydonlariga ma’sul qilib belgilangan xodimlar uchun “Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish” bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.




Malaka oshirish kursi yakuni bo‘yicha viloyatlardan jalb qilingan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.