
OXUS-WS Pro agrometeostansiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi hududlarida atmosfera va tuproq holatini kuzatish uchun kompleks yechim hisoblanadi. Stansiya turli xil parametrlarni, jumladan, havo harorati va nisbiy namligi, yog‘in miqdori, shamol tezligi va yo‘nalishi, tuproq namligi va harorati, tuproqning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchaydigan sensorlar to‘plami bilan jihozlangan.
Olingan ma’lumotlar ob-havo sharoitlarini tahlil qilish, sug‘orishni optimallashtirish, o‘simliklarni o‘sish va rivojlanish bosqichlarini monitoring qilish va boshqa agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. OXUS-WS Pro agrometeorologik stansiyasidan foydalanish qulayligi uning ma’lumotlarni avtomatik tarzda yig‘ish, qayta ishlash va uzatish qobiliyatidadir. Shuningdek, agrometeostansiyaga qo‘shimcha tuproq namligi, harorati va elektr o‘tkazuvchanligini aniqlovchi Datchik (sensor) o‘rnatilgan.
![]() | ![]() |

Shuningdek, IWMI tomonidan Meteostansiya o’rnatilgan dalaning ichki arig’I suv olish qulog’ida suv sarfini o’lchovchi “O’zgarmas-o’zan” gidroposti qurib berildi.
Bundan tashqari Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi hududida “Suvchilar maktabi” amaliyot dalasi tashkil etilganligini hisobga olinsa, Fermer xo‘jaligi raxbar va xodimlari uchun o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarida suv tejovchi texnologiyalarni amalda ko‘rsatilishidan tashqari OXUS-WS Pro agrometeostansiyasi ma’lumotlaridan foydalanib fermerlar tomonidan sug‘orishni to‘g‘ri rejalashtirish bo‘yicha bilimlari oshiriladi.
IWMI tomonidan mazkur loyiha doirasida yana SMITM ilmiy xodimlari uchun (portativ elektromagnit suv oqimi tezligini o‘lchovchi - MGG/KL-DCB) Gidrometrik vertushka hamda tuproq parametrlarini (namlik, harorat va tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi) aniqlash uchun portativ sensor zamonaviy o‘lchov uskunalari taqdim etildi.![]() | ![]() |



