Toshkent shahrida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (ISMITI) tashkil etilganligining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

ISMITI ning faoliyati 1925 yilda O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Gidrotexnika tajriba-tadqiqot institutini tashkil etishdan boshlangan. Turli davrlarda turlicha nomlangan bu ilmiy dargoh mintaqadagi suv xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalari o‘rtasida eng yuksak ilmiy-ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan salohiyatli muassasaga aylandi. Bu yerda juda katta ilmiy maktab yaratildi. Ko‘plab olimlar, ilm ahli yetishib chiqdi.
2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan ISMITI Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘tkazildi. ISMITI binosi qayta ta’mirlanib, laboratoriya bazalari zamonaviy asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlandi. Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari kengaytirildi, Qoraqalpog‘iston filiali mintaqaviy markaz sifatida, Suv xo‘jaligi muhandislik markazi hamda Suvni tejaydigan texnologiyalar ilmiy-tadqiqot konsalting markazlari qayta tashkil etildi. Xorazm, Buxoro, Namangan, Samarqand va Surxondaryo mintaqaviy markazlari yangidan shakllantirildi. Mana shu jarayonda ilm va ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlash ham diqqat markazida bo‘ldi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 20 dan ziyod mamlakatlardan 300 dan ortiq deputatlar, elchilar, vazirlar, olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 20 dan ziyod mamlakatlardan 300 dan ortiq deputatlar, elchilar, vazirlar, olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiyadan keyin tadbir ishtirokchilari ular uchun tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Ko‘rgazmada suv hisobini yuritish va uni raqamlashtirish, suv tejovchi texnologiyalar, suv xo‘jaligida qurilish materiallari va boshqa laboratoriya jixozlari bilan turli kompaniyalar o‘z maxsulotlari bilan tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berdilar.
Mazkur xalqaro konferensiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori O.Eshchanov hamda SMITM IT mutaxassisi E.Sobirov bilan birgalikda ishtirok etdilar.

Shuningdek, “Suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalar, islohotlar va ularning ilmiy echimlari” mavzusidagi 3-sho‘ba ishi “Suvchilar maktabi” binosida tashkil etildi. Mazkur tadbirda SMITM IT mutaxassisi E.Sobirov “Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimotda SMITM da amalga oshirilgan raqamli texnologiyalarga oid quyidagi ishlanmalar yoritib berildi: jumladan, GPRS texnologiyasiga asoslangan suv monitoring tizimlari; Masofadan boshqariladigan suv nazorati qurilmalari; “Aqlli” tizimlar orqali suv sarfini optimallashtirish bo‘yicha natijalar; AKT yechimlarining tumanlar kesimida amaliy tajribasi. Taqdimot ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. Muhokamalar jarayonida bir nechta taklif va savollar ilgari surildi, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi.

