Urganch Yoshlar texnoparkining ochilish marosimi
Urganch Yoshlar texnoparkining ochilish marosimi
Texnoparkning asosiy maqsadi – yoshlarga robototexnika, mexatronika, 3D dasturlash, kompyuter savodxonligi kabi yo‘nalishlarda chuqur bilim berish, ularga InnoX dasturi doirasida startap loyihalarini yaratishda yordam berish va tadbirkorlikka yo‘naltirishdir.
Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan binoda bir vaqtning o‘zida 100 dan ortiq yoshlar o‘qish va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega. Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar texnoparkning hudud yoshlari uchun innovatsion ekotizim yaratish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish va bo‘sh vaqtni samarali tashkil etishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Marosim davomida mehmonlar oliy ta’lim muassasalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) “Suv sathi va sarfini o‘lchovchi elektron uskuna ishlab chiqarish” mavzusidagi tijoratlashtirish” loyihasi rahbari Sobirov Elmurod va SMITM “Suv xo‘jaligida raqamli va innovasion texnologiyalar” laboratoriyasi mudiri Durdiyev Haydar "Aqlli suv qurilmasi" bilan ishtirok etishdi va elektron uskuna bo‘yicha tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berishdi.
Mazkur texnopark yoshlarning bilim va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishishlariga xizmat qiladi.

